Ikki haftada kompaniyangizdagi bo'sh ish o'rnini sizga ma'qul keladigan nomzod bilan yopamiz. Nomzod uchun uch oy kafolat beramiz.
Qadamlar
1
Vakansiyani qabul qilib olamiz
Kompaniyangiz uchun kerakli xodim profilini tuzib, boshlang'ich jarayonlarga kirishamiz
2
E'lonlar beramiz
Ish o'rni bo'yicha maxsus joylarga e'lonlar beramiz
3
Saralash jarayoni
Ariza topshirgan nomzodlarni birma-bir saralab chiqamiz: ushbu jarayonda dastlab rezyume va boshlang'ich ma'lumotlarni ajratib chiqib, undan keyin telefon orqali suhbat o'tkazamiz
4
Suhbat jarayoni
Saralangan nomzodlar bilan yuzma-yuz suhbat o'tkazamiz. Ushbu jarayonda iloji boricha ko'zi yonib turgan, kompaniyaga qiymat bera oladigan nomzodlarni tanlab olishga harakat qilamiz
5
Jamoadagi rolini aniqlovchi test jarayoni
Suhbatdan o'tgan nomzodlarni maxsus testdan o'tkazamiz. Testning xulosasi nomzodni asosli ravishda keyingi bosqichga o'tkazishga sabab bo'ladi
6
Siz bilan kelishuv belgilaymiz
Saralangan nomzod bilan sizga suhbat tashkillashtirib beramiz. Ushbu jarayonda siz nomzodning mos yoki mos emasligi bo'yicha xulosa qilasiz
7
Sizga ma'qul keladigan nomzod chiqmaguncha jarayonni to'xtatmaymiz
Bir necha nomzodlarni saralab, sizga ular bilan suhbat tashkillashtiramiz va siz eng mosini tanlab olasiz
8
Uch oy kafolat beramiz
Ushbu muddat ichida berilgan nomzodlar turli sabablarga ko'ra jamoangizni tark etsa, biz ushbu o'rinni avvalgi kelishuvimizga ko'ra, qo'shimcha to'lovsiz yopib beramiz.
Natija
Kompaniyangiz rivojlanishi uchun muhim bo'lib turgan ish o'rni muvaffaqiyatli yopilgan bo'ladi. Umuman olganda har qanday bo'sh ish o'rnini muvaffaqiyatli yopsa bo'ladi.
Kompaniyangizga xodim kerak bo'lsa bizga yozing
Ma'lumotlaringizni qoldirib, bepul konsultatsiyaga ega bo'ling!
Tugmani bosish orqali ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz.