Onboarding

Yangi xodimni adaptatsiya qilish jarayonida darslar o'tib beramiz va to'liq bir oy davomida nazorat qilamiz. Olingan xodimga 3 oy muddatga kafolat beramiz. Ushbu xodim o'zining aybi bilan ketib qoladigan bo'lsa qo'shimcha to'lovsiz qayta almashtirib beramiz.

Qadamlar

  • 1
    Topib bergan xodimimizni kompaniyangizga moslaymiz
    Xodimga sizning kompaniyangiz qadriyatlari, missiyasi va ruhiyatini singdiramiz
  • 2
    Muomala madaniyati va insonlar bilan ishlashni o'rgatamiz
    Mijozlarga xizmat ko'rsatish va hamkasblar bilan munosabatlarning asoslarini o'rgatamiz
  • 3
    Texnik ko'nikmalarini shakllantirish uchun maxsus darslar tashkil qilib beramiz
    Kompaniyangizdagi maxsus kishilar yordamida yangi xodimga o'z ishini mukammal o'rgatishni nazorat qilamiz va HR mutaxassis sifatida ko'rsatmalar berib boramiz
  • 4
    To'liq nazoratda turamiz
    Birinchi oy, xodim to'liq ishga tushib ketgunga qadar xodimni doimiy nazorat qilamiz. Siz bu kabi ishlarga kirishib, strategik qismdan chalg'imaysiz
  • 5
    Uch oy kafolat beramiz
    Moslashuv jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan xodimga uch oy kafolat beramiz
  • 6
    Almashtirib beramiz
    Xodim uch oy davomida sizning kompaniyangizni o'ziga bog'liq sabablarga ko'ra tark qiladigan bo'lsa, biz hech qanday qo'shimcha to'lovsiz boshqa xodim topib beramiz va uni ishingizga qayta moslashtirib beramiz
Natija
Yangi olingan xodim bir oy ichida sizning kompaniyangizga to'liq moslashgan va sizning tartibingiz bo'yicha to'liq ishlay oladigan holatda bo'ladi.
Xodimlarni adaptatsiya qilish uchun bizga yozing
Made on
Tilda